“Betashar” marosimi UNESCO'ning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
Olam
−
05 dekabr
3408Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) qozoqlarning "Betashar" marosimini nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi davlat maslahatchisi Erlan Karin ma’lum qildi.
Marosimning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgani haqidagi xabar UNESCO'ning Paragvaydagi yig‘ilishida e’lon qilingan.
“Asunson shahrida UNESCO'ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi yig‘ilishida qozoqlarning qadimiy marosimlaridan biri “Betashar” insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi”, deb yozgan Karin.
Ma’lumot uchun, qozoq tilidagi “betashar” o‘zbek tilida “betochar” – “yuzni ochish” degani ma’noni beradi. Qozog‘istonda “Betashar” marosimi to‘y marosimida kelinning yuzini ochish marosimidir. Bu o‘rta asrlarda, kuyov bo‘lajak kelinini to‘ydan oldin kamdan-kam ko‘rgan paytda paydo bo‘lgan. Marosim boshida kelinning onasi unga qozoq milliy bosh kiyimi va parda kiydiradi. Uni zalga olib borishadi, u erda mehmonlar uning ko‘rinishini kutadi.
“Oqin” (qo‘shiqchi va marosim rahbari) kuyovning oilasi va ota-bobolarini madh etib, kelin qo‘shig‘ini boshlaydi. Hurmat va salomlashish belgisi sifatida kelin va uning opa-singillari har bir kishiga o‘zlari aytib o‘tilgandek ta’zim qiladi. Keyin “oqin” mehmonlarga yuzini ko‘rsatish uchun kelinning pardasini ko‘taradi. Kuyovning onasi kelinni yangi oila a’zosi sifatida kutib oladi va kuyov uni qo‘lidan ushlab oladi. Keyin qarindoshlar yangi turmush qurganlarni shirinliklar bilan siylaydi.
Kuyovning ota-onasi kelinni marosimdan oldin kutib olishga muvaffaq bo‘lgani sababli, zamonaviy Qozog‘istonda “betashar” marosimi avvalgi ma’nosini yo‘qotgan. Hozirda UNESCO'ning Qozog‘iston Nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga qozoq uyi, asik atu o‘yinlari, to‘g‘iz qumalak o‘yinlari, dombra chalish, Navro‘z bayrami, qozoq kurashi, aytishuv va boshqalar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.
LiveBarchasi