Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
09 yanvar
16209Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovishi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Magistral yo‘llarda kuchli qor bo‘ronlari hamda muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqish, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham ob-havoning keskin sovishi sababli Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

