Bessant Rossiyaga tahdid qildi
Olam
−
13 mart 18944 1 daqiqa
AQSH Moliya vaziri Skott Bessant mamlakat Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lsa, Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni hech ikkilanmasdan joriy etishini aytdi. Bu haqda u CNBC'ga bergan intervyusida so‘z ochgan.
Uning qayd etishicha, Bayden ma’muriyati sanksiya qo‘llashda juda zaif bo‘lgan va bu zaiflikni Tramp ma’muriyati yo‘qotishi mumkin.
"Agar birdan o‘ngacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholansa, AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidagi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni, ehtimol, uchlikka baholash mumkin edi, uning ketishiga yaqinroq ular sanksiyalarni oltilikkacha kuchaytirdi. Aytishim mumkinki, biz ikkilanmasdan ularni o‘nlikkacha kuchaytiramiz”, degan Moliya vaziri.
Bessantga ko‘ra, barchasi Trampning muvaffaqiyatli muzokaralar rejasining bir qismidir. U har ikki tomonga maksimal bosim o‘tkazmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ngani haqida xabar berilgandi. Uitkoffning tashrifidan asosiy maqsad – Rossiya hukumatini yangi sulhga rozi bo‘lishga ko‘ndirishdan iborat.
Live
Barchasi