Beshbarmoqdan dengiz taomlarigacha – Japarov oliy mehmonlarni nima bilan siyladi?

Olam

image

Rossiyalik jurnalistlar MDH sammitining nufuzli mehmonlari uchun “Ala-Archa” davlat qarorgohi oshpazlari tomonidan tortilgan taomlar menyusini bo‘lishdi.

Bugun, 13 oktyabr kuni Hamdo‘stlik davlat rahbarlariga baliq, mol go‘shti, qovoq va kartoshkadan tayyorlangan taom, shuningdek, an’anaviy milliy taom – beshbarmoq, desert uchun chizkeyk (pishloqli tort) tortilgan.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov xuddi shu qarorgohda tushlik qilishgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda dasturxonga an’anaviy Osiyo qo‘zichoq sho‘rvasi (shorpo), shuningdek, go‘shtli mini-somsa tortilgan.

Ma’lumot uchun, MDH Davlat rahbarlari kengashining Bishkekdagi yig‘ilishida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MDH davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammitda 17 ta qo‘shma hujjat imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Qirg'iziston Bishkek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing