Beshariq tumanida Nexia haydovchisi piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida harakatlanayotgan Nexia haydovchisi YTH sodir etib, piyoda vafotiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 20 noyabr kuni fuqaro M.X. Nexia rusumli avtomashinasini Beshariq tumani "Yakkatut" MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lni piyoda kesib o‘tayotgan M.A.ni urib yuborgan. Natijada M.A. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing