Besh nafar o‘zbek bokschisi xalqaro turnirda g‘alabaga erishdi
Sport
−
21 fevral 2023
7101Kecha, 20 fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega “Stranja” an’anaviy 74-xalqaro turniri start oldi. Dastlabki kungi bahslarda 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
O‘zbek bokschilaridan 4 nafari janglarda g‘alabaga erishdi. Dilshod Abdumurodov, Iqboljon Xoldorov, Saidjamshid Jafarov va Saidaxon Rahmonova turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
-67 kilogramda Bekzod Hamidovning raqibi serbiyalik Pavel Fedorov sog‘lig‘idagi muammolar sabab ringga chiqmadi.
Erkaklar o‘rtasida -51 kg da Asilbek Jalilov, ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida Muxlisa Xushvaqtova raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
LiveBarchasi