Besh nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatildi
Jamiyat
−
10 avgust 2022
9480Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda poytaxtda besh nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining kecha, 9 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida qaror qabul qilingan.
Muhokamalar yakunida Kengash qarori bilan:
• Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov;
• Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev;
• Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B. Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
• Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I. Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
• Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
LiveBarchasi