Besh davlat vaqtincha BMT Xavfsizlik Kengashi a’zoligiga saylandi
Olam
−
10 iyun 2022 11057 1 daqiqa
Yaponiya, Shveysariya, Ekvador, Malta va Mozambik kecha, 9 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xavfsizlik Kengashining yangi doimiy bo‘lmagan a’zolari etib saylandi.
Yaponiya uchun 184 davlat, Shveysariya uchun 187, Ekvador uchun 190, Malta uchun 185, Mozambik uchun 192 davlat ovoz bergan.
Yangi nodoimiy a’zolar 2023-2024 yillar davomida BMT Xavfsizlik Kengashi ishida Irlandiya, Norvegiya, Meksika, Keniya, Hindiston o‘rniga ishtirok etadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 15 ta davlatdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi doimiy a’zolar va veto huquqiga ega – Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya. O‘n nafar doimiy bo‘lmagan a’zo ikki yillik muddatga saylanadi. Ulardan beshtasi har yili almashtiriladi. O‘tgan yili BAA, Braziliya, Albaniya, Gabon va Gana saylangan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28