Besh hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
18150Bugun, 3 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95 nafarga oshib, 42 635 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
66 nafari Toshkent shahrida;
10 nafari Toshkent viloyatida;
8 nafari Samarqand viloyatida;
6 nafari Namangan viloyatida;
5 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 77 yoshli A.M. (ayol) hamda O‘rtachirchiq tumanida yashagan 58 yoshli D.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 39 883 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 421 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi