Besh hududda 400 dan ortiq bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
29 iyul 2020
10679Bugun, 29 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 205 nafarga oshib, 22 374 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa O‘rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida);
11 nafari Andijon viloyatida;
4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 577 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi