Besh hududda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2020
8857Bugun, 4 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106 nafarga oshib, 42 903 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 70 nafari Toshkent shahrida;
• 16 nafari Toshkent viloyatida;
• 10 nafari Namangan viloyatida;
• 7 nafari Samarqand viloyatida;
• 3 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 40 176 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 391 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi