Berni Sanders prezidentlik poygasidan chiqdi

Olam

image

AQSH prezidentligi uchun kurashayotgan senator Berni Sanders o‘z nomzodini qaytarib oldi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni uning idorasi xabar berdi.

"Joriy yilning, 8 aprel kuni senator Berni Sanders barcha xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan konferensiyada prezidentlik uchun kurashni to‘xtatayotganini e’lon qildi", deyiladi xabarda.

Sanders AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning Demokratik partiyadan yagona raqibi edi. Uning o‘z nomzodini qaytarib olishi Baydenni prezidentlik uchun yana bir qadam yaqinlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, Berni Sanders bir qancha chiqishlari bilan mashhur. U AQSH hukumatini Isroilga yon bosmaslikka chaqirgan. Shuningdek, Sanders Putinga bu yilgi AQSH saylovlariga aralashmasligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing