Berni: “Putin, bizning saylovlarga aralashma!”
Olam
−
22 fevral 2020
7019AQSH prezidentligiga nomzod, senator Vermont Berni Sanders ommaviy axborot vositalari orqali Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga AQSH saylovlaridan "uzoqroq yurish" haqida ogohlantirdi. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni The Washington Post xabar qildi.
“To‘g‘risini aytganda, Putin kimni prezident bo‘lishini hohlayotgani menga qiziq emas. Mening Putinga yo‘llagan murojaatim juda aniq: AQSH saylovlariga aralashmang. Men kelajakda prezident sifatida buning uchun minnatdor bo‘laman" dedi Sanders.
Shuningdek, u 2016 yilgi saylovlarda ham Putinning qo‘li borligini aytib o‘tdi.
"2016 yilda Rossiya bizning mamlakatimizda bo‘linish yuz berishi uchun Internet targ‘ibotidan foydalangan. Men buni 2020 yilda yana takrorlashlarini bilaman”, dedi Sanders.
Avvalroq, ushbu nomzod AQSH Isroil-Falastin mojarosida Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytib o‘tgan edi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi