Prezidentlikka nomzod: “AQSH Falastin taraf bo‘lishi kerak!”
Olam
−
20 fevral 2020
7061Senator, AQSH prezidentligiga nomzod Berni Sandersning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilga emas Falastinga yon bosishi kerak. Shuningdek u, Isroil hukumatini “irqchi” sifatida ta’rifladi.
“Irqchi Isroilni qo‘llash bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnata olmaymiz”, deb ta’kidladi Berni Nevada shtatidagi teledebatlar chog‘ida.
Sanders, shuningdek, yoshlar ishsizligi qariyb 70 foiz bo‘lgan G‘azo qamalidagi gumanitar inqiroz haqida gapirdi.
“Qarang, G‘azoda nima bo‘layapti? 70 foiz yoshlar ishsiz. Bilasizmi, odamlar hatto u yerdan chiqib ketishga ham qodir emas. Biz Isroil tarafdori ekanligimiz va Falastin xalqining ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirayotganimiz oddiy holat emas. Bu masala jiddiy hisoblanadi”, deya ta’kidladi nomzod.
Yaqin Sharq haqida gapirar ekan, Berni, Eron va Saudiya Arabistoni haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Eron va Saudiya Arabistonida ham vaziyat unchalik yaxshi emas. Biz ko‘p yillar davomida ittifoqdoshimiz bo‘lgan Saudiya Arabistonini “sevib qoldik”. Muammo shundaki, u davlatni qotillar boshqarmoqda”, dedi u.
Demokrat senatorning ta’kidlashicha, rasmiy Vashington “milliarder diktator”- Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan “qulay munosabatda” bo‘lish o‘rniga, Eron va Qirollik o‘rtasidagi muzokaralarda vaziyatni yumshatuvchi vositachi bo‘lishi kerak.
“Biz saudiyaliklar va forslarni birlashtira olamiz. Biz ikki davlat nizolari sabab trillion dollarlab sarflab charchaganmiz. Ular birgalikda ishlashlari kerak va bizda buni amalga oshirishga yordam beradigan manbalarimiz bor”, dedi Sanders.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi