Berlin va Yangi-Dehli gaz deb “qirpichoq” bo‘lyapti 

Olam

image

Suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha savdo mojarolari Berlin (Germaniya) va Yangi-Dehli (Hindiston) o‘rtasidagi siyosiy qarama-qarshilikka aylanib ketdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2041 yilgacha amaldagi shartnomaga muvofiq Hindistonning GAIL India Ltd kompaniyasi hozirda Germaniya nazoratida bo‘lgan va SEFE (Securing Energy for Europe GmbH) nomini olgan Gazpromning sobiq bo‘linmasidan har yili 2,5 million tonna suyultirilgan gaz olishi kerak. Biroq joriy yilning may oyidan boshlab kompaniya Rossiyaning Yamal yarim orolidan yoqilg‘i ololmasligi sababli 17 partiya suyultirilgan gaz jo‘natmasini yetkazib berishni bekor qilgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, davlatlar o‘z diplomatlarini suddan tashqari energiya eksporti masalasini hal qilishga urinish uchun jalb qilgan. Yangi-Dehli SEFE zaxiralarni to‘ldirishni va Hindiston oldidagi barcha majburiyatlarini bajarish yo‘llarini mustaqil ravishda izlashi kerak, deb hisoblaydi.

“Bloomberg”ning xulosa qilishicha, tabiiy gaz narxining global ko‘tarilishi narxga sezgir rivojlanayotgan mamlakatlarga qattiq ta’sir qildi. Shuning uchun, Hindiston yetkazib berilmagan gaz o‘rnini qoplash uchun katta mablag‘ sarflashga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Berlin Yangi-Dehli

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing