“Arqadag‘” afg‘on qochqinlarini qabul qilishdan bosh tortdi 

Olam

image
Qochoq siyosatchilar panoh topgan yurt: G‘ani nega aynan BAAga qochdi?  north_east

Qochoq siyosatchilar panoh topgan yurt: G‘ani nega aynan BAAga qochdi? 

Kecha, 29 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar bergan.  

Prezident suhbatda Sharl Mishelning Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha baholari, shuningdek bu masalada ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha Yevropa tomonining qarashlari haqida diqqat bilan tanishganini ma’lum qilgan. 

Berdimuhammedovga ko‘ra, Turkmaniston Afg‘onistondagi vaziyatni faqat tinch, siyosiy va diplomatik choralar bilan hal qilish, tinchlik o‘rnatish jarayonlarini osonlashtirish uchun Afg‘onistonga doimiy gumanitar yordam ko‘rsatish tamoyillariga asoslanadi. 

Berdimuhammedov, shuningdek nazorat-o‘tkazish punkti normal ishlayotganini ta’kidlagan. 

“Afg‘onistonga yetkazib beriladigan mahsulotlarning asosiy qismini neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, don va xalq iste’moli uchun mahsulotlar tashkil etadi”, degan Prezident. 

U Afg‘onistonga elektr energiyasi muntazam yetkazib berilishini, turkman diplomatlari “Tolibon” bilan doimiy aloqada bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. 

Qochqinlarni qabul qilish masalasiga to‘xtalib, Berdimuhammedov hozirgi og‘ir epidemiologik sharoitda ularni qabul qilish to‘g‘risida oqilona qarorlar qabul qilish va gumanitar masalalarning boshqa jihatlari bilan bir qatorda, koronavirus infeksiyasining keng miqyosda tarqalish xavfiga jiddiy baho berish kerakligini aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkmaniston

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made