Berbok borgan maktab oldida norozilik namoyishi bo‘ldi
Olam
−
03 iyul 2023
9108Germaniya sharqidagi Ayzenxyuttenshtadt (Brandenburg) shahrida 30 ga yaqin kishi Ukrainaga nemis qurollari yetkazib berilishiga qarshi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, namoyishchilar bugun, 3 iyul kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok o‘rta maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazgan mahalliy maktab oldiga yig‘ilgan.
Qayd etilishicha, uyushgan namoyishchilar guruhiga kirmagan bir kishi maktab binosiga ikkita tuxum uloqtirgan. Huquqbuzarga nisbatan birovning mulkiga zarar yetkazish aybi qo‘yilgan. Ushbu hodisa haqida boshqa tafsilotlar berilmagan.
Berbokning maktab o‘quvchilari bilan suhbati mavzusi o‘ng ekstremizmga qarshi kurash bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Germaniya hukumati Ukrainaga kerak bo‘lganicha insonparvarlik, moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishni bir necha bor ta’kidlagan. 2022 yilning fevralidan beri Germaniya Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun 16,8 milliard yevro sarflagan.
LiveBarchasi