“Bepul non tarqatardi”. Olmaotada o‘zbekistonlik novvoy o‘ldirildi (video)
3-sahifa
−
15:50 6222 1 daqiqa
Joriy yilning 26 avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyati Oqtosh qishlog‘idagi mojaro paytida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab o‘ldirildi. Marhum 35 yoshda bo‘lgan, oxirgi besh yil davomida u novvoyxonada ishlab, non sotgan. Bu haqda “Ulysmedia” xabar berdi.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, erkak qishloqda o‘zini juda yaxshi tomondan ko‘rsatgan va hech kim bilan mojaroga bormagan. U tez-tez odamlarga yordam bergan, juma kunlari esa bepul non tarqatgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum va 56 yoshli erkak o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqib, u mushtlashuvga aylanib ketgan. Tergov talqiniga ko‘ra, mojaro paytida gumonlanuvchi pichoq chiqarib, erkakka o‘limga sabab bo‘luvchi jarohatlar yetkazgan.
Olmaota viloyati politsiyasining ma’lum qilishicha, qotillik fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 56 yoshli gumonlanuvchi aniqlanib, qo‘lga olingan. Hozirda u vaqtincha saqlash hibsxonasida. Politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, erkak o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi