Benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta “zapravka” aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta “zapravka” aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxsus ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli 109 ta xususiy AYOQSHlarda benzin narxini asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yo‘l qo‘yish, sifatsiz mahsulot tarqatish va kam quyish holatlari aniqlangan.

Jumladan, Andijon viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Namangan viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 26 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Toshkent shahrida 7 ta, Farg‘ona viloyatida 22 ta hamda Xorazm viloyatida 4 tani tashkil qiladi.

Ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar birja savdolari orqali Ai-80 rusumli benzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatilgan.

Joriy yil boshidan kuniga o‘rtacha 7137 tonnadan avtobenzin birja savdolari orqali sotuvga qo‘yib borildi. Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) Ai-80 markali avtobenzinning 1 litri 5700 so‘mdan sotilmoqda. 

“Shu o‘rinda xususiy AYOQSH faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinning sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Benzin zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing