Benzin narxi arzonlashtirildi

Jamiyat

image

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi 6500 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Natijada “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda bugun, 17 dekabr kunidan boshlab AI-80 markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarildi.

Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz”ga tegishli AYOQSHlarda AI-80 markali benzin narxi 6 890 so‘m etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

1203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing