Benzin ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan kamaydi – DSQ

Jamiyat

image

2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 966,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,5 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 900,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,2 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-oktyabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (624,3 ming tonna) qisqartirdi - 584,1 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 49,3 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (49,8 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 1,73 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (1,77 million tonna).


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DSQ Benzin

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing