Benzemaning agenti FIFA’ni tanqid qildi

Sport

image

“Real” hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziri o‘z Twitter sahifasida fransiyalik futbolchi FIFPro versiyasiga ko‘ra yil ramziy jamoasiga kiritilmagani uchun FIFA’ni tanqid qildi.

“Benzemani yilning eng yaxshi 11 futbolchisi qatoriga kiritmaslik futbolga nisbatan hurmatsizlikdir, ammo biz FIFA’ning futbolga eng kam va uzoq vaqt davomida qayg‘urishini bilamiz”, deya yozgan Jaziri.

FIFA tomonidan “The Best” marosimida e’lon qilingan yil ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluidji Donnarumma (“Pari Sen-Jermen”/ Italiya)

Himoyachilar: Ruben Diash (“Manchester Siti”/ Portugaliya), Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”/ Italiya), David Alaba (“Bavariya”, “Real”/ Avstriya).

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (“Chelsi”/ Fransiya), Jorjino (“Chelsi”/ Italiya), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”/ Belgiya).

Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”, “Pari Sen-Jermen”/ Argentina), Robert Levandovski (“Bavariya”/ Polsha), Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”, Norvegiya), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, “Manchester Yunayted”/ Portugaliya).

Eslatib o‘tamiz, Benzema ovoz berish natijalariga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi, biroq ramziy terma jamoada unga joy topilmadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu The Best FIFA Benzema

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing