Benzema yangi klubida muvaffaqiyatli debyut qildi (video)

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema “Al-Ittihod”dagi debyutida bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi Arab chempionlari kubogi bahsining 55-daqiqasida (2:1) “Esperans” klubi darvozasini ishg‘ol qildi. Hujumchi 35-daqiqada birinchi golga uzatma berdi.

“Oltin to‘p” sohibi shu yozda “Real”dan “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tgandi. Shuningdek, ushbu o‘yinda “Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi Ngolo Kante ham “Al-Ittihod” safida debyut qildi.

“Al-Ittihod” keyingi o‘yinini “Sfaksen” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Arab chempionlari kubogi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing