Benzema O‘zbekistonga kelmaydi

Sport

image

Joriy yilning 15 fevral kuni Namanganda Osiyo Chempionlar Ligasining (OCH) 1/8 finali doirasida “Navbahor” Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan kuch sinashadi. Jidda klubining fransiyalik futbolchisi Karim Benzema jamoasining “Navbahor”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi hali to‘liq safga qaytmagan, shuning uchun u O‘zbekiston klubiga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. 

Qayd etish joiz, Benzema o‘tgan yili noyabr oyida O‘zbekistonga kelgandi. 36 yoshli futbolchi Olmaliqning OKMK klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema “Al-Ittihod”da jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Jidda klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing