Benzema sudda mag‘lub bo‘lsa terma jamoaga chaqiriladimi? So‘z FFF prezidentiga

Sport

image

Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grey “Real Madrid” sardori Karim Benzema ustidan sud jarayoni qanday natija bilan yakunlanishiga qaramay, u terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

33 yoshli Karim Benzema “Olimpiakos” yarim himoyachisi Mate Valbuenani “shantaj” qilgani o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda shartli ravishda 10 oylik qamoq jazosi va 75 ming yevro miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Valbuena ishi bo‘yicha sud joriy yilning 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda jinoyatchilar guruhi Valbuena ishtirokidagi videolavhani qo‘lga kiritgan va futbolchidan “shantaj” yordamida pul undirishga harakat qilgan edi. Benzema esa o‘sha lavhani jinoyatchilar qo‘liga tushishida vositachilik qilishda ayblangan.

Ma’lumot uchun, ushbu jarayonlar tufayli har ikki futbolchi ham Yevro-2016 uchun terma jamoaga chaqirilmagan. Benzema joriy yildagina “uch ranglilardan chaqiruv oldi. Shu sababli u 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibligidan “quruq qolgan”.


 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya futbol federatsiyasi

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing