Benzema “Real”dan ketadimi?

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema “Real”ni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonidan taklif bor. Futbolchiga soliqdan ozod qilingan holda yiliga 200 million yevro maosh bilan ikki mavsumlik shartnoma taklif qilingan. Shuningdek, futbolchi Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH-2030 mezbonligi uchun elchisi sifatida katta mablag‘ ishlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Karim Benzemaning “Real” bilan iyun oyida tugaydigan shartnomasi o‘tgan yilning oktyabr oyida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandan so‘ng avtomatik ravishda yangilanishi kerak. Rasmiy ravishda kelishuvning uzaytirilishi hali e’lon qilinmadi.

Joriy mavsum Benzema “Real” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made