Benzema “Madrid derbisi”da ishtirok etishi mumkin

Sport

image

“Real” hujumchisi va sardori Karim Benzema Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yin oldidan umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Fransiyalik 34 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan “Inter”ga (2:0) qarshi o‘yinni tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan edi. Shu bilan birga, Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda mushaklarida jiddiy shikastlanish kuzatilmagan. Biroq klub asosiy o‘yinchisi bilan tavakkal qilmaslikka qaror qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema “Arsenal” va “Barselona” sobiq futbolchisi Terri Anrini ortda qoldirib, klublardagi faoliyati davomida eng ko‘pgol urgan fransiyalik hujumchiga aylanib olgani haqida xabar bergan edik. Uning hisobida 362 gol mavjud.

Shuningdek, joriy mavsumda Karim madridliklar safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazgan va 17 gol urib, 8 ta golga assistentlik qilgan.

Ma’lumot uchun, “Real” 39 ochko jamg‘argan holda La liga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Turnirning o‘tgan mavsumdagi chempioni “Atletiko” klubi hisoblanadi. “Madrid derbisi” ertaga, 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Atletiko La liga Benzema

Baholaganlar

7

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing