Benzema Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
Sport
−
29 noyabr 2021
3263“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasining 15-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi o‘yinda (2:1) raqib darvozasini ishg‘ol qildi va foliyati davomida eng ko‘p gol urgan fransiyalik futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu natija evaziga “Arsenal” va “Barselona” sobiq futbolchisi Terri Anrini ortda qoldirib, eng yaxshi to‘purarga aylandi. Benzema hisobida 361 ta gol mavjud.
O‘yin yakunlanganidan so‘ng, Karim Instagram sahifasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Ajoyib o‘yin, ajoyib jamoa bilan! Men tarixdagi eng yaxshi fransiyalik to‘purar ekanligimdan faxrlanaman”, deya yozgan Benzema.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema 2009 yildan beri “Real” safida to‘p tepadi. 33 yoshli hujumchi Ispaniya chempionati joriy mavsumida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi