Benzema Fransiya IIVni sudga berdi
Sport
−
17 yanvar
6646“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ustidan sudga murojaat qilgan. Bu haqda futbolchining advokati Xyug Vije ma’lum qildi.
“Ba’zilar Benzemani Fransiyadan quvishni istasa, boshqalari u haqida to‘qigan bo‘htonlari uchun o‘zini aybdor sanamaydi. Xususan, o‘zini siyosatchi deb ataydigan odamning da’volari ham mutlaqo qonunga ziddir”, deydi Vije.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin “Oltin to‘p” egasi Karim Benzemaning terror tashkiloti bilan aloqasi borligini aytgandi.
Darmanin futbolchini “Musulmon birodarlar” tashkilotiga aloqadorlikda ayblagan.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2023 yilning yozida erkin agent sifatida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, forvardning taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi