Benzema effekti: Olmaliqda ko‘chalar yopiladi

Sport

image

Bugun, 27 noyabr kuni Olmaliq shahrida mahalliy OKMK klubi futbol yulduzi Karim Benzema boshchiligidagi Al-Ittihod bilan Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) 5-turi doirasida bahs olib boradi, Benzema va jamoadoshlarining Olmaliqqa kelishi munosabati bilan shaharning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu to‘g‘risida Olmaliq shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. 

Farmoyishga ko‘ra, 2023 yil 27 noyabr kuni soat 17:00 dan soat 23:00 ga qadar Amir Temur ko‘chasining Kamalak chorrahasi bilan kesishgan qismigacha barcha tutashgan (Furqat, Yuksalish, Alisher Navoiy, Obihayot va Istiqlol) ko‘chalar, shuningdek Yuksalish ko‘chasining Parvoz ko‘chasi bilan kesishgan qismi va Alisher Navoiy ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi bilan kesishgan qismi yopilib, avtomobil qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, stadionni o‘yinga so‘nggi tayyorgarligi va xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, soat 13:00 dan e’tiboran, stadion hududidagi kassalar yopilib,  chiptalar sotuvi “Delfin suv saroyi” kassalariga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema OKMK Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing