Ben Gvirga suiqasd qilmoqchi bo‘lishdi. Isroil Turkiyadan gumonda

Olam

image

Isroilning Ichki xavfsizlik xizmati Shin Bet kecha, 3 sentyabr kuni Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvirni o‘ldirishga qaratilgan suiqasd rejasi fosh etilganini va HAMAS guruhi a’zolari qo‘lga olinganini e’lon qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, rejalashtirilgan hujumda portlovchi dronlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shin Betning bildirishicha, G‘arbiy sohilning Xevron hududidan bo‘lgan HAMAS yacheykasi a’zolari hibsga olingan va dronlar musodara qilingan. Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, bu guruh Turkiyadagi HAMAS qarorgohidan boshqarilgan va maqsad Ben Gvirga suiqasd uyushtirish bo‘lgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

HAMAS ham, Turkiya ham Isroilning ayblovlariga hech qanday sharh bermadi.

Ben Gvir esa bayonot berib, bu uni qo‘rqita olmasligini aytdi:

“HAMAS menga besh marta suiqasd uyushtirishga urindi, har safar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xudoga va xavfsizlik kuchlariga rahmat,” dedi u.

Eslatib o‘tamiz, G‘azodagi urush 2023 yilning oktyabr oyida boshlangan edi. Shundan beri Isroilning harbiy harakatlari oqibatida 63 ming kishi halok bo‘lgan, G‘azodagi ko‘plab binolar vayron qilingan va aholining deyarli barchasi kamida bir marta uyini tark etishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Itamar Ben Gvir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing