Bemordan 5 ming so‘m so‘ragan shifokor ishiga qayta tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryoda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi kunduzgi muolaja feldsheri G‘.A. tomonidan bemorga kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m talab qilgani sababli ishdan haydalagani haqida xabar bergan edik.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi xabariga ko‘ra, kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m so‘ragan qashqadaryolik shifokor qayta ishga tiklandi.

Ma’lum qilinishicha, bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng, “Adolat” SDP viloyat va tuman Kengashi deputatlari ushbu holatni o‘rgangan. 

O‘rganishlar natijasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda feldsher G‘.A.ni har tomonlama yaxshi ishlashi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lingan. Shundan so‘ng, muolaja feldsheri G‘.A.ni o‘z o‘rniga qayta tiklash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida shifoxona kunduzgi muolaja feldsheri Azamat Pardayevich G‘oziyev yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘z o‘rniga ishga tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo 5 ming so'm

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing