Belousov o‘lgunicha Rossiya Mudofaa vaziri bo‘lmoqchi – OAV

Olam

image

Kecha, 14 may kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousovning Federatsiya kengashidagi nutqi ko‘pchilik G‘arb nashrlari tomonidan hajv ostiga olindi.

Jumladan, Belousov o‘zining chiqishida urushga yanada ko‘proq odamlarni jalb qilish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u gap safarbarlik haqida ketmayotganligini ham urg‘ulagan.

“Shuni tushuning, gap safarbarlik yoki qandaydir favqulodda choralar haqida emas, rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ketyapti. Ushbu jarayon allaqachon boshlangan – fuqarolarni ishga qabul qilish hamda ularning roziligi bilan tegishli shartnomalar tuzish jarayoni”, degan o‘sha paytda Mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘lgan Belousov.  

U Mudofaa vazirligining ustuvor vazifalari harbiy ta’lim masalalari va armiyani texnika, o‘q-dorilar, qurol va aloqa vositalari bilan ta’minlashni o‘z ichiga olishini qo‘shimcha qilgan. Boshqa ustuvorliklarga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va 2025 yil uchun mudofaa buyurtmasini shakllantirish kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu vazifalarni yangi Mudofaa vazirining zimmasiga yuklagan. 

Ayniqsa, Belousovning vazir sifatida Putinga xizmat qilish uchun "bor kuchini, kerak bo‘lsa, o‘z jonini ham berishga tayyor"ligi g‘arb jurnalistlarining e’tiborini tortgan.

"Berilgan topshiriqni bajarish uchun bor kuchimni, salomatligimni, kerak bo‘lsa, umrimni ham beraman. Bilasizmi, men har doim bir tamoyilga amal qilganman – temir-beton prinsipi. Siz xato qilishingiz mumkin, lekin yolg‘on gapira olmaysiz", degan Mudofaa vaziri.

Uning rasmiy gaplarini izohlagan tahlilchilar Belousov o‘limigacha mansab kursisini bo‘shatmoqchi emasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing