Belarusda neft konlari topildi

Olam

image

Belarusda ikkita yangi neft koni topildi. Bu haqda kecha, 25 may kuni BelTa nashri xabar berdi.

Izbinskaya va Severo-Omelkovshinskoye konlari Pripyat novining markaziy tarkibiy zonasida joylashgan. Geografik jihatdan, bu Gomel viloyatining Xoiniki tumani hisoblanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, konlarning umumiy zaxirasi 2,5 million tonnadan oshadi.

Ma’lumot uchun, Belarusda jami 79 ta kon ochilgan, ulardan 61 tasida neft qazib olinmoqda. Ularda 900 ga yaqin ishlab chiqarish quduqlari qazilgan. Mamlakat neft zaxiralariga unchalik boy emas. Dunyoda ushbu mahsulot zaxirasi bo‘yicha 59 o‘rinda turadi. Bu ro‘yxatda O‘zbekiston 49 o‘rinni band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Belorus'

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing