Bellingem nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
19 fevral 2025 5859 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi va “Real Madird” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liga doirasida “Osasuna”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgani uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Madrid klubi ushbu qarordan norozi va qarorni bekor qilish bo‘yicha apellyatsiya beradigan bo‘ldi. Agar apellyatsiya qanoatlantirilmasa, angliyalik futbolchi La Liga doirasida “Jirona” va “Betis”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Bellingem hakamlik yuzasidan fikr bildirdi.
“Biz qarorni amalga oshmasligiga harakat qilamiz. Lekin umid qilamanki, videoyozuvlarni ko‘rib turib xulosa chiqariladi. Zero, futbolchi maydonda har xil hissiyotlarga beriladi. Siz maydonda ekansizki, hissiyotlar sizni xursand qilishi, qoniqarsiz natija uchun g‘azabingizni keltirishi mumkin. Bunday holatlar Ispaniyadagi hakamlik sifatiga shubha bilan qarashga undaydi”, deydi Bellingem.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr