Bellingem qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem tez orada umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Agar uning sog‘lig‘i normal bo‘lsa, u holda “Real Sosedad” bilan 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga o‘yini qaydnomasiga kiritiladi. Bellingem 21 sentyabr kuni “Espanol”ga qarshi o‘ynay olish ehtimoli yuqori.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 2023 yilning yozida Dortmundning “Borussiya”sidan Madrid klubiga o‘tgan edi. Bu davrda u 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umumiy hisobda yarim himoyachi 3733 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing