Belgorod va Sevastopol raketa hujumiga uchradi

Olam

image

Bugun, 3 yanvar kuni ertalab Rossiyaning Belgorod shahri raketa hujumiga uchradi. Hududda havo hujumidan mudofaa ishlari olib borildi. Bu haqda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga yaqinlashayotganda bir qancha nishonlar urib tushirilgan. Zarar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Gladkov Soloti qishlog‘i o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Zarba oqibatida ikkita uyning derazalari singan va tomlari shikastlangan. Ma’lum qilinishicha, qishloqning o‘qqa tutilishi oqibatida qurbonlar yo‘q. Gubernator Ukraina Qurolli kuchlarini mintaqadagi aholi punktlariga qilingan hujum uchun javobgar deb hisoblamoqda.

“Belgoroddagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Ertalab ikki marta o‘q uzildi. Havo mudofaasi ishladi. Tong otishi bilan biz uylarni ko‘rikdan o‘tkazamiz, tomlar, derazalar, fasadlarning shikastlanishini ko‘rib chiqamiz va restavratsiya ishlarini boshlaymiz”, deydi Gladkov.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod viloyati uzra “Vilxa” raketa majmuasi va “Tochka-U” taktik raketa tizimini yo‘q qilgan.

Shuningdek, 3 yanvarga o‘tar kechasi anneksiya qilingan Sevastopolga raketa hujumi uyushtirilgani ham ma’lum bo‘ldi. Shahar hokimiyati raketa urib tushirilganini va hech qanday zarar ko‘rmaganini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 30 dekabr kuni Belgorod markazi o‘qqa tutilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘lgan – 1 yanvar kuni shifoxonada 4 yoshli qizchaning vafot etgani ma’lum bo‘lgan. 100 dan ortiq odam jarohatlangan. Ukraina harbiylari Rossiya hududiga qilingan boshqa hujumlar kabi o‘qqa tutilishi haqida rasman izoh bermadi.

29 dekabr kuni esa Ukraina hududi keng ko‘lamli urush davomida Rossiyaning eng yirik hujumlaridan biriga duchor bo‘lgandi. 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya vakili Vasiliy Nebenzya, agar Ukraina havo hujumidan mudofaa harakatlari bo‘lmaganida, Rossiya o‘qqa tutilishi paytida Ukrainada tinch aholi qurbonlari bo‘lmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Sevastopol' Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing