Belaruslik diplomat otib ketildi
Olam
−
25 iyul 2019
5111Kecha, 24 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida erkak mamlakatdagi Belarus Elchixonasining ma’muriy masalalar bo‘yicha kotib o‘rinbosari Aleksandr Poganshevni otib ketdi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Erkak diplomatga ikki marta o‘q uzgan va u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatni Poganshevning qo‘shnisi, nafaqadagi harbiy amalga oshirgan. Voqeadan so‘ng u o‘z joniga qasd qilgan.
Belarus Tashqi ishlar vazirligi diplomatning joniga psixikasi izdan chiqqan kishi qasd qilganini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 2016 yilning 19 dekabrida Anqarada Turkiyadagi Rossiya elchisi Andrey Karlov otib ketilgandi. Unga politsiya xodimi hujum qilgandi.
LiveBarchasi