“Belarusdagi saylovlar halol o‘tadi, AQSHdagidek emas” – Lukashenko
Olam
−
19 iyun 2023
6432Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko bilan uchrashuvda Belarusdagi saylovlarni AQSHniki bilan taqqoslab, saylov bu yerda Amerikadagi kabi nohaqqoniy tarzda o‘tkazilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlarini BELTA keltirdi.
Qayd etilishicha, Lukashenko mamlakatda 2024 yilning 25 fevralida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga kuzatuvchilarni taklif qilish masalasiga to‘xtalgan.
“Kuzatuvchilarni taklif qiladigan sub’ektlar qonun bilan belgilanadi. Bizda yashiradigan hech narsa yo‘q. Kerakli vaqtda, vaqti kelganda, zarur deb bilganimizda, saylovning qanday o‘tkazilishi bilan tanishishlari uchun kuzatuvchilarni taklif qilamiz. Toki bizning saylovni Amerikadagidek o‘tkazganimiz uchun qoralashmasin. Ular saylovdan keyin odamlarga o‘q uzadi, pochta orqali saylovlarni o‘tkazadi va hokazo soxtaliklar bo‘ladi. Buni bugun allaqachon ko‘rish mumkin. Biz bu saylovlarni halol o‘tkazishimiz kerak”, deydi u.
Shuningdek, Belarus rahbari hech narsani yashirishning keragi yo‘qligini ta’kidlagan.
“Bugungi kunda 80 foizga yaqin aholi biz belgilagan yo‘nalishni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlamoqda. Nega qo‘rqishimiz kerak? Xo‘sh, ikkilanayotgan va qarshi bo‘lgan 20 foiz uchun baribir kurashamiz. Buni Prezident sifatida aytaman”, deya so‘zini davom ettiradi Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Belarusda parlament saylovi 2024 yili fevral oyining so‘nggi yakshanbasida bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar nafaqat Belarus parlamentining tarkibini shakllantiradi, balki mahalliy kengashlar uchun deputatlarni ham saylaydi.
LiveBarchasi