Belarusdagi hibsxonada o‘zbekistonlik ayolning ko‘zi yoridi
Jamiyat
−
15 iyul 5680 1 daqiqa
Belarusdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayolning ko‘zi yoridi. Uning farzandi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ombudsman tashabbusi bilan Minsk shahridagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Uchrashuv davomida muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi homilador ekani, tergov hibsxonasi sharoitida farzandi dunyoga kelganidan so‘ng, uni zarur darajada parvarishlash imkoniyati cheklanganini bildirib, bolaning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari qaramog‘ida bo‘lishini istashini ma’lum qilgan. Shu munosabat bilan u farzandi tug‘ilganidan keyin uni belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat nazoratga olinib, farzand tug‘ilganidan so‘ng, tegishli davlat organlari va O‘zbekistonning Belarus Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi, MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida zarur huquqiy hamda konsullik tartib-taomillari amalga oshirilgan.
Natijada chaqaloqning O‘zbekistonga qaytarilishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan. Joriy yil iyul oyida chaqaloq yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilib, O‘zbekistonga olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul