Belarusda YouTube’ning analogi ishga tushadi

Olam

image

Belarusda YouTube videoxostingining analogini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Sputnik Belarus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, videoxostingni ishga tushirish sanasi 12 sentyabrga belgilangan. Yangi xizmat uchun allaqachon domen ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Bu juda zaif analog, ammo bu Belarus YouTube’ini yaratish yo‘lidagi birinchi qadamdir”, deydi davlat rahbari ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Vladimir Persov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat bundan keyin qanday rivojlanishini oldindan aytish qiyin, ammo Belarusda "tomoshabinlar videoni smartfon va boshqa qurilmalar orqali talab bo‘yicha ko‘rishni xohlashlari aniq". 

Persov, shuningdek, foydalanuvchi videolaridan tashqari, yangi servisda Belarus telekanallarining ko‘rsatuvlarini ham tomosha qilish imkoniyati bo‘lishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada YouTube’ni mustaqil ravishda tezlashtirish taqiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YouTube Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing