Belarusda to‘satdan harbiylar tayyorgarligini tekshirish boshlandi
Olam
−
04 may 2022
7564Belarus qurolli kuchlarida “javob kuchlarining to‘satdan sinovi” boshlandi. Bu haqda “Belta” hukumat agentligi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, ushbu keng qamrovli sinovning maqsadi “shaxsiy tarkibning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarga tez javob berishga tayyorligi va qobiliyatini baholash”dir.
Belarus Mudofaa vazirligiga ko‘ra, tekshiruvda ishtirok etuvchi kuchlar tarkibi “asta-sekin ko‘paytiriladi”. Shu bilan birga, qo‘shinlar butun mamlakat bo‘ylab ommaviy ravishda joylashtirilishi aytilgan. Lekin qaysi yo‘nalishda bo‘lishi ochiqlanmagan.
LiveBarchasi