Belarusda Roman Golovchenko boshchiligida yangi hukumat shakllantirildi

Olam

image

Avvalroq, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumatni iste’foga chiqargani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 4 iyun kuni davlat rahbari mamlakatning yangi Bosh vaziri etib Roman Golovchenkoni tayinladi. Bu haqda “Belta” xabar bermoqda.

Golovchenko shu paytgacha Davlat harbiy sanoat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan edi.

Belarusning Xitoydagi elchisi Nikolay Snopkov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Ivan Tertel Davlat nazorati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Aleksandr Subbotin bosh vazirning o‘rinbosari, Igor Lutskiy Belarusning axborot vaziri, Ruslan Parxamovich arxitektura va qurilish vaziri, Petr Parxomchik esa sanoat vaziri etib tayinlandi. Moliya vaziri sifatida Yuriy Seliverstov ish boshlaydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing