Belarusda “Oreshnik” jangovar navbatchilikka qo‘yildi

Olam

image

Kecha, 30 dekabr kuni “Oreshnik” raketa tizimi Belarus hududida jangovar navbatchilikni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, raketa majmuasining uchirish, aloqa, qo‘riqlash va energiya ta’minoti bo‘yicha jangovar hisoblari jangovar navbatchilikka kirishdan avval zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot vositalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

“Belarus Respublikasida rossiyalik harbiy xizmatchilarning jangovar navbatchilikni o‘tashi va yashashi uchun barcha sharoitlar oldindan yaratilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, idora e’lon qilgan kadrlarda “Oreshnik” raketa majmuasi tasvirlangan. RIA Novosti va TASS ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi “Oreshnik”ni ilk bor ommaga namoyish qilgan.

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 10 tadan ortiq “Oreshnik” majmuasi joylashtirilmaydi. Qurol qo‘llaniladigan nishonlarni Belarusning o‘zi belgilaydi.

Ma’lumot uchun, “Oreshnik” – Rossiyaning eng yangi o‘rta masofali ballistik raketa tizimidir. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin u haqda birinchi marta 2024 yil noyabr oyida, raketa Dneprdagi “Yujmash” zavodidagi “Kapustin Yar” sinov poligonidan uchirilganidan keyin e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Oreshnik jangovar navbatchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing