Belarusda namoyishlarda qatnashgan 41 kishi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
4197Belarus huquqni muhofaza qilish idoralari kecha, 4 sentyabr kuni ommaviy namoyishlarning 41 ishtirokchisini qo‘lgaoldi. Ulardan 21 nafari hibslandi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligining Matbuot kotibi Olga Chemodanova o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
"Umuman olganda, kecha ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 41 kishi hibsga olingan. Ma’muriy huquqbuzarliklar sudda ko‘rib chiqilishidan oldin 21 kishi hibsxonalarga joylashtirildi", deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, juma kuni Belarusning 13 ta aholi punktida 22 ta norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ularning ishtirokchilari soni, Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 1000 kishini tashkil etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni mamlakatda hokimiyatni qo‘llab-quvvatlovchi 16 namoyish bo‘lib o‘tdi va unda 1,5 mingga yaqin kishi kishi qatnashdi.
Ma’lumot uchun, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi rahbar Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Bunga qarshi odamlar 9 avgustning o‘zida ko‘chaga chiqib, norozilik bildira boshladi. Oradan bir oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Belarus xalqi tinchigani yo‘q. Ular har kuni tinch namoyish o‘tkazyapti.
Dastlabki kunlarda namoyishlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan to‘qnashuvlar bilan birga kechdi.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mingdan ortiq odam hibsga olingan, bir necha o‘nlab huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar jarohat olgan.
LiveBarchasi