Belarusda muxolifatga qarshi jinoiy ish ochildi

Olam

image

Belarusda muxolifat tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruv kengashiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Belarus Bosh prokurori Aleksandr Konyuk ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Muvofiqlashtiruv kengashining tuzilishi va faoliyati davlat hokimiyatini egallab olishga shuningdek, Belarus Respublikasining milliy xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan. Mazkur fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 361-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi”, degan Konyuk.

Ushbu modda bilan (milliy xavfsizlikka putur yetkazadigan harakatlarga chorlash) aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Konyuk muxolifat kengashining faoliyati Konstitutsiyaga zid ekanini, chunki qonunda bunday tuzilma tashkil qilish ko‘rsatilmaganini qo‘shimcha qildi.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, kengashdan bir qancha odam chiqib ketgan. Negaki ular faoliyati noqonuniy ekanini tushungan.

O‘z navbatida muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a’zosi Sergey Dilevskiy tashkilot mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solmasligini, aksincha, jamoatchilik va davlat o‘rtasida vositachi bo‘lishini ma’lum qildi.

“Kengash odamlar va hukumat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun tuzilgan, avj oldirish uchun emas”, degan u.

Dilevskiy kengashdan bir necha kishi tahdid paydo bo‘lgani sababli chiqib ketganini, ammo ommaviy tark etish kuzatilmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarusda norozilik muxolifat

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing