Isroil muxolifati G‘azoni egallash rejasiga qarshi chiqdi

Olam

image

Isroil muxolifati hukumatning G‘azo shahri ustidan nazoratni o‘z ichiga olgan rejasini keskin tanqid qildi. Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid bugun, 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining G‘azoni egallash haqidagi qarorini “ko‘plab boshqa muammolarga olib kelishi”ni “falokat” deb atadi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Rasmiylarning qirg‘oq bo‘yidagi eng yirik shaharni egallashi rejalashtirilayotgani isroillik garovga olinganlarning o‘limiga va ko‘p sonli isroillik askarlarning o‘limiga olib keladi”, deb yozdi Lapid X ijtimoiy tarmog‘ida.

U Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni armiya qo‘mondonligining e’tirozlariga qaramay, o‘ta o‘ngchi koalitsiya hamkorlari Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotrichning bosimiga berilib ketganlikda aybladi. Isroil Vazirlar Mahkamasining o‘ta o‘ngchi  ikkala vaziri ham G‘azo sektorini to‘liq egallab olishni va u yerda yashovchi 2 million falastinlikni chiqarib yuborishni talab qilmoqda.

Eslatib ztamiz, bugun, 8 avgustga o‘tar kechasi Isroil hukumati HAMAS harakatini “mag‘lubiyatga uchratish” va G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish rejasini ma’qulladi. Bu qaror Isroilning yuqori martabali amaldorlarining tungi uchrashuvidan so‘ng – urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlar kuchayib borayotganiga va HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qo‘rqqan ko‘plab isroilliklarning noroziliklariga qaramay qabul qilindi. Isroil armiyasi allaqachon anklavning to‘rtdan uch qismini nazorat qilmoqda.

SAXAD bir necha bor G‘azo shahriga havo hujumlari va reydlar uyushtirgan. Biroq bu anklavning Isroil bufer zonasiga aylantirilmagan va evakuatsiya qilinmagan kam sonli hududlaridan biridir. Ushbu zonada keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya o‘n minglab odamlarni ko‘chirishi va oziq-ovqat yetkazib berishni yanada murakkablashtirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil muxolifat G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing