Belarusda KXSHTning maxsus harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Belarusda KXSHTga a’zo davlatlar qutqaruv bo‘linmalarining “Skala-2023” maxsus harbiy o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda “BelRos” nashri xabar berdi.

KXSHT qutqaruv bo‘linmalari maxsus o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘rgazmali qismida Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston qutqaruvchilari ishtirok etib, ularda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish vaqtidagi o‘zaro hamkorlikni ishlab chiqishdi.

Maxsus o‘quv mashg‘ulotlarining mavzusi KXSHT Tezkor reaksiya kollektiv kuchlarining qo‘shma operatsiyasi chog‘ida sodir bo‘lgan har qanday radiatsion avariya oqibatlarini bartaraf etishdan iboratdir.

Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti – xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va osoyishtalikni, a’zo mamlakatlar mustaqilligi, hududiy daxlsizligi va suverenitetini kollektiv himoya qilish uchun tuzilgan mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. O‘zbekiston 2012 yil 28 iyun kuni KXSHTga a’zoligi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan nota yuborgan va o‘sha yilning 19 dekabrida uning a’zoligi rasman to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXSHT O‘zbekiston va uning qo‘shnisini tashkilotning ayrim ishlariga jalb etishga chaqirganligini aytgan edik.

Asadbek Komilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

KXShT Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made