Belarusda bloger qamalishi sabab tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi (video)

Olam

image

Belarusda saylovlar oldidan vaziyat jiddiy tusga kirmoqda. Joriy yilning 29 may kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari prezidentlikka nomzodlar uchun imzo to‘plash maqsadida o‘tkazilgan piket paytida Grodno maydonida bloger Sergey Tixanovskiy va yana to‘qqiz kishini hibsga oldilar. Bu haqda "Belarus 1" telekanalida yakshanba kuni ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, kriminal politsiya boshlig‘i Gennadiy Kazakevich ma’lum qildi.

Hibsga olish paytida u yerga yig‘ilgan odamlar blogerni politsiyadan himoya qila boshlaganlar. Shundan so‘ng politsiya va odamlar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Birozdan so‘ng boshqa politsiyachilar paydo bo‘lib, blogerni qo‘lga olib, idoraga olib ketishgan.

"Saylovlar arafasida vaziyat jiddiy ravishda qizib ketganini ta’kidlaymiz. Gap jamoat tartibini yoki saylov qonunchiligini bir marotaba buzilishi haqida emas. Biz oldindan rejalashtirilgan va tayyorlangan harakatlarni ko‘rmoqdamiz", deydi Gennadiy Kazakevich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda "parlament saylovlarini o‘tkazgan saylov komissiyasi raislariga qarshi tahdidlar" mavjud. Kazakevich Belarus politsiyasining "bunday tahdidlarni imkon qadar samarali bartaraf etish uchun" yetarli kuch va vositalarga ega ekanligi haqida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda farg‘onalik Usmonjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Jamoatchilikning noroziligidan so‘ng uning muddati 15 sutkadan 2 sutkaga o‘zgartirilib ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

bloger Belarus'

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing