Belarusda aholini Rossiya vaksinasi bilan emlash boshlandi

Olam

image

Belarusda Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan aholini emlash boshlandi. Ushbu preparatning birinchi partiyasi bugun, 29 dekabr kuni mamlakatga yetib keldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasiga asoslanib xabar berilgan. 

"Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi Belarus aholisini Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash boshlanganini e’lon qiladi", deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, Rossiyadan keyin "Sputnik V"ni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi davlat Belarus bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma 21 dekabr kuni berilgan. 1 oktyabrda Belarus hududida "Sputnik V" ning birinchi xorijiy klinik sinovlari boshlangan.

Belarusda koronavirusga chalinganlar 189 mingdan oshgan. 167 mingdan ko‘p bemor sog‘aygan. 1 ming 394 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' vaktsina

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing